Tush-insonning hayoti va hayolida bo‘lgan jarayonlarning uyqudagi aksi yoki bo‘lajak hodisaning uyquda nimalardir orqali ayon bo‘lishidir!

Bu kecha vaqtliroq uxladim! Kunduzi shahar kezib charchadim chog‘i. Tushimda oldindan yaxshi ko‘rib yurgan, lekin unga bu haqida bir og‘iz ham indamagan, fan olimpiadalarida ko‘rishganimizdan beri uni ko‘rmagan va uni allaqochon esidan chiqib ketgan qizni ko‘rdim (hozir meni tanimasa ham kerak)!

Xullas u bilan uzoq vaqt birga bo‘libmiz, gaplashib, yo‘l yurib uni xursand qilibu vaqt ham o‘tibdi. Lekin hatto tushimda ham uni yaxshi ko‘rishimni aytolmadim! Jur‘atim yetmadi!

Men bu tushimni yuqorida aytganimdek o‘tmish yoki kelajakning aksi sifatida tahlil qilib ko‘rdim.

  1. O‘tmish: bu oddiy holat. Avvallari kunu-tun hayolimda bo‘lgan qiz bilan yana hayolan ko‘rishganday gap!
  2. Kelajak: bu esa murakkab va ko‘nglimni so‘ndiradigan alomat! Ya‘ni men unga hozirgacha aytolmagan sevishimni bundan keyin ham ayta olmasligimdan darak!

Nima bo‘lganda ham yaxshilikka deymiz!

P.S: hayotimdan hikoyalar kitobi tuzsam kamida 200betli kitob chiqadi!

Добавить комментарий